AsosiyDunyo

O‘zbek elitasi xorijdan uy sotib olishda peshqadam

2024 yil sentyabr oyidan boshlab xorijliklarning Rossiyadagi uy-joylar sotib olish ko‘lami oshgan.

'O‘zbek elitasi xorijdan uy sotib olishda peshqadam'ning rasmi

Rossiya ko‘chmas mulk bozorida ishlovchi «Flip» investitsion kompaniyasining bosh direktori Yevgeniy Shavnevning “Izvestiya” gazetasiga ma’lum qimilishicha, 2024 yil sentyabr oyidan boshlab xorijliklarning Rossiyadagi uy-joylar sotib olish ko‘lami oshgan.

Chet el fuqarolari, asosan, Moskva va Sankt-Peterburgda hashamatli uy-joylar xarid qilgan. Jami savdoning 20% norezidentlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Rossiyada hashamatli uy-joy sotib olish bo‘yicha o‘zbekistonliklar top uchlikka kirgan. 2024 yilda norezidentlar xarid qilgan hashamatli uy-joylarning 15 foizi O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ri keldi. 

Birinchi o‘rinda belaruslar (21%), ikkinchi o‘rinda qozog‘istonliklar (18%) turibdi. Keyingi o‘rinlari Tojikiston va (10%) va Turkmaniston fuqarolari (10%) egallagan.

E’tiborli jihati, xorijlik xaridorlar ko‘chmas mulkni odatda biznes yoki komfort plyus darajasidagi uy-joy majmualaridan, naqd pulga sotib olishmoqda. 

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar