Kanadada davlat rahbari o‘zgardi. Mark Karni Kanadaning hukmron Liberal partiyasi yangi rahbari etib saylandi.
Angliya bankining sobiq rahbari kecha, 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida sobiq moliya vaziri Xristya Friland, jamoatlar palatasida hukumat yetakchisi Karina Guld va tadbirkor Frenk Beylisni ortda qoldirib, 86 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.
Endi Mark Karni jor y yil boshida iste’foga chiqishini e’lon qilgan bosh vazir Jastin Tryudo o‘rnini egallaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mark Karni — Kanada Bankining sobiq rahbari, mamlakatning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishiga qarshi va o‘zidan oldingi kabi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash tarafdori.