Nyu-York yaqinidagi Long-Aylendda yirik o‘rmon yong‘inlari avj oldi.
Ma’lum qilinishicha, alanga soatiga 56 kilometrgacha tezlik bilan tarqalmoqda. 
Nyu-York gubernatori Keti Xokul favqulodda holat rejimi joriy etilishini e’lon qildi. 
Long-Aylendni Nyu-Yorkning boshqa hududlari bilan bog‘lab turuvchi NY27 shossesi yopilgan.
Hududdagi aeroport xodimlari vaqtinchalik evakuatsiya qilingan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida o‘t o‘chiruvchilardan biri jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan.






