AsosiyDunyo

Zelenskiy Trampning "kuchli yetakchiligi" ostida tinchlik uchun ishlashga tayyor ekanini bildirdi

Zelenskiy va Tramp Oq Uyda o‘tkazilgan suhbatda tortishib qolgach, AQSH Ukrainaga ko‘mak berishni to‘xtatgan edi.

'Zelenskiy Trampning "kuchli yetakchiligi" ostida tinchlik uchun ishlashga tayyor ekanini bildirdi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina tinchlikka intilishini va bu yo‘nalishda «Prezident Trampning kuchli yetakchiligi» ostida ishlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan postida shu haqda ma’lum qilgan.

 Hech qaysilarimiz oxiri yo‘q urushni istamaymiz. Ukraina ishonchli tinchlikka erishish uchun muzokaralar stoliga iloji boricha tezroq o‘tirishga tayyor. Ukrainalardan ko‘ra hech kim ko‘proq tinchlikni xohlamaydi. Men va jamoam mustahkam tinchlikka erishish uchun Prezident Trampning kuchli yetakchiligi ostida ishlashga tayyormiz. Urushni tugatish uchun tezkor ishlashga tayyormiz…, — deb yozdi Ukraina prezidenti X ijtimoiy tarmog‘ida.

"Biz urushni tugatish uchun tezkor ishlashga tayyormiz va birinchi bosqichlar sifatida asirlarni ozod qilish, osmonda tezkor o‘t ochishni to‘xtatish: raketalar, uzoq masofali dronlar, energetika va boshqa fuqarolik infratuzilmasini bombardimon qilishni taqiqlash hamda dengizda darhol o‘t ochishni to‘xtatish mumkin, agar Rossiya ham shunday qilsa. Shundan so‘ng, biz barcha keyingi bosqichlarni juda tezkor o‘tib, AQSH bilan mustahkam yakuniy kelishuvga erishmoqchimiz",  — deb davom etdi Zelenskiy o‘z postida.

 "Juma kuni Vashingtonda, Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvimiz kutilganidek o‘tmadi. Bu sodir bo‘lgani achinarli. Endi hamma narsani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish vaqti keldi. Biz kelgusidagi hamkorlik va muloqot konstruktiv bo‘lishini istaymiz", — deb yozdi Ukraina prezidenti.

 "Minerallar va xavfsizlik bo‘yicha kelishuv haqida gapiradigan bo‘lsak, Ukraina uni istalgan vaqtda va istalgan qulay formatda imzolashga tayyor. Biz bu kelishuvni xavfsizlikni mustahkamlash va ishonchli kafolatlar yo‘lidagi qadam deb bilamiz hamda uning samarali ishlashidan chinakam umidvormiz", — deb yozgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz Zelenskiy va Tramp Oq Uyda o‘tkazilgan suhbatda tortishib qolgan edi. Bundan g‘azablangan Tramp Ukrainaga ko‘mak berishni to‘xtatgan edi. Shundan so‘ng Kiyevda AQSHning yordamisiz Ukraina yanada ko‘proq hududlaridan ayrilib qolishi mumkinligidan xavotirlar paydo bo‘lgan.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar