AsosiySport

Rodri Ernandes "Oltin to‘p-2024" sohibi bo‘ldi

“Real” esa yilning eng yaxshi klubi bo‘ldi.

'Rodri Ernandes "Oltin to‘p-2024" sohibi bo‘ldi'ning rasmi

Parijda «Oltin to‘p-2024» marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bosh mukofot «Manchester Siti» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri Ernandesga nasib etdi. 

28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda milliy jamoasi bilan Yevropa chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Shuningdek, Rodri «Siti» safida APLda chempion bo‘ldi. 

Top-5dan «Real»ning 3 futbolchisi — Vinisius Junior (2), Jud Bellinghem (3), Dani Karvaxal (4) va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand (5) o‘rin oldi.

Ayollar o‘rtasida «Barselona» futbolchisi Aytana Bonmati qatorasiga ikkinchi yil «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘ldi. 

«Real» — yilning eng yaxshi klubi bo‘ldi. Biroq sovrinni olish uchun hech kim sahnaga chiqmagani, sababi Madrid klubidan hech kim kelmagani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar