AsosiySport

Shohruh Davlatov mamlakat rekordini yangiladi

Bu yilgi yarim marafonda sayyoramizning 120 mamlakatidan 25 000 nafar ishtirokchi startga chiqdi.

'Shohruh Davlatov mamlakat rekordini yangiladi'ning rasmi

 Ispaniyaning Valensiya shahrida “Medio Maratón Valencia Trinidad Alfonso Zurich” xalqaro yarim marafoni o‘tkazildi. Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov ishtirok etib, mamlakat rekordini yangiladi.

Qayd etish joiz, ushbu shaharda tashkil etiladigan yarim marafon dunyodagi eng yuqori vaqt ko‘rsatiladigan musobaqa hisoblanadi. Boisi, so‘nggi 10 jahon rekordidan 8 tasi ushbu manzilda qayd etilgan. Bu yilgi yarim marafonda sayyoramizning 120 mamlakatidan 25 000 nafar ishtirokchi startga chiqdi.

Yurtdoshimiz Shohruh Davlatov 21 kmdan ziyodroq masofani 1:01.48 soatda bosib o‘tib, mamlakat rekordini yangiladi. Bu avvalgi rekorddan 1 daqiqa, 45 soniyaga yaxshiroq ko‘rsatkich bo‘ldi. Yakunda ushbu natija bilan Davlatov 24-bo‘lib marraga yetib keldi.

    Boshqa yangiliklar