1. Xamirni tinch xonada va asosiysi yaxshi kayfiyatda qorish kerak. Pissa xamiri stresslarga dosh berolmaydi. Ehtimol bu sizga kulgili tuyular, ammo asl haqiqat.
2. Xamir yaxshi ko`tarilishi uchun unni elashni unutmang.
3. Faqat yangi xamirturush ishlating, eskirib qolgani yoqimsiz hidga sabab bo`lishi mumkin.
4. Xamir qorish jarayonida avval unning yarmini, keyin esa qolgan qismini soling.
5. Xamirga zaytun moyidan solsangiz, ta`mi og`zingizda qoladigan taom bo`ladi.
6. Xamir to qo`lga yopishmay qolguncha qoravering, u yumshoq bo`lsin. Cho`zib ko`rganingizda esa yirtilmasligiga ahamiyat bering.
7. Oshirma xamir elvizakni yoqtirmaydi, pissa tayyorlash jarayonida deraza va eshiklarning yopiqligini tekshirib ko`ring.
8. O`qlov bilan emas, qo`lingiz yordamida eµtiyotkorlik bilan o`rtasidan chetiga qarab yoying.
9. Pissa pishiriladigan idishga avval zaytun yog`idan surting, ustidan un seping, shunda xamir idishga yopishmay pishadi.
10. Pissangizning rangi tilladek tovlanib, xamiri qarsildoq bo`lishi uchun uni oldindan qizitilgan gaz pechida qalinligiga qarab,10-20 daqiqa davomida pishirasiz.
11. Xamir uchun muzdek suv ishlating, shunda uning oshish jarayoni sekinlashadi, xamirning usti va tagi singib pishadi, ichi esa yumshoqligni yo`qotmaydi.






