AsosiyJamiyat

Sergeli tumanida yangi tug`ilgan chaqaloq sumka ichida pod`ezdga tashlab ketildi

Toshkentning Sergeli tumani Do`stlik mavzesida joylashgan ko`p qavatli uylardan birining pod`ezdida tashlab ketilgan sumka ichida yangi tug`ilgan chaqaloq topildi. Uning dunyoga kelganiga bir hafta ham bo`lmagan edi, deb xabar beradi “Daryo” “Novosti Uzbekistana” nashriga asoslanib. 

29 noyabr, seshanba kuni birinchi qavatdagi qafasda turgan itlar bolani birinchi bo`lib payqab, hura boshladi. Jonivorlarning xo`jayinlari va ularning qo`shnilari tashqariga chiqib, qora rangdagi sport sumkasini ko`rdi. Chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib kelgan mahalla rasmiylari ishtirokida sumka ochildi va uning ichidan ovoz chiqarmay qo`ygan bola olindi.

Uchastka noziri va tez yordam mashinasi chaqirildi. Shundan so`ng tuman IIB va prokuratura vakillari ham etib keldi. Go`dak 5-shahar klinik shifoxonasiga ko`rik uchun etkazildi. Bola mutlaqo sog`lom bo`lib chiqdi.

Huquq-tartibot idoralari vakillari ayol bolani tug`ruqxonada emas, balki boshqa biror erda dunyoga keltirgani, so`ng uni tashlab ketganini taxmin qilmoqda. Milisiya xodimlarining qayd qilishicha, itlar iz olgan, ammo izlar chorrahada yo`qolgan. Shunday qilib, go`dakning biologik onasi hali ham topilgan emas.

Tezkor xodimlarning axborotiga ko`ra, tumanda oxirgi vaqtlarda shu kabi to`rtinchi holat kuzatilishi. Bunday ishga qo`l urgan ayollar odatda mahalliy aholi vakillari emas — ular ko`pincha Toshkent viloyatidan kelib, yangi tug`ilgan go`daklarni sumkada qoldiradi va qaytib ketadi.

Boshqa yangiliklar