Poytaxtning “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida ish boshlagan “PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubi o`z ishini davom ettirmoqda. Press-klub xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy va mahalliy OAVlar, davlat tashkilotlari vakillarini bir maydonga jamladi.
Muhammad Raja Tolib, Ois Today nashri bosh muharriri(Malayziya):
— Mening O`zbekistonga birinchi tashrifim. Aynan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov jarayoni sabab yurtingizga tashrif buyurganimdan xursandman. Bu erga kelib men yurtingizda saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha olib borilayotgan ishlarni ko`rib qoyil qoldim. Hammsi ochiq va oshkora tashkil etilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti ham tahsinga sazovor. Adolatlilik tamoyiliga asoslangan ushbu saylov jarayoniga tayyorgarlik ko`rish va nomzodlarning saylovoldi dasturlarini aholiga tezkor va sifatli etkazish uchun tashkil etilgan Press-club: Elections-2016 matbuot klubida yaratilgan sharoit meni quvontirdi. Bu erda jurnalistlarning muhim jarayonga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha ekspertlarning fikrini tezkorlik bilan olib, aholiga OAV orqali etkazishga urinishini yuqori baholayman.
Bundan avval men Hindiston va Singapur mamlakatlarida o`tkazilgan saylov jarayonida ham ishtirok etganman. Yurtingizda bu borada olib borilayotgan ishlar men ishtirok etgan o`sha mamlakatlarnikidan ko`ra ancha yuqori. Hindiston va Singapurda bo`lib o`tgan saylov jarayonidagi ishtirokim davomida O`zbekistonniki kabi sharoit va imkoniyatlarga guvoh bo`lmaganman. Mamlakatingiz bu borada ancha yuqori salohiyatga ega ekanligini alohida e`tirof etishim mumkin.
Ertaga bo`lib o`tayotgan muhim jarayon O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi qo`yilganlar o`rtasida kuchli raqobat bo`lishini taxmin qilyapman. Nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan tanishganim sabab shunday fikrga keldim.





