Bugun Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) Prezidenti Ari Grassa boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev, Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi xodimlari kutib olishdi.
Safar davomida O‘zbekistonda voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, kelgusida yirik xalqaro musobaqalarni yurtimizda o‘tkazishga doir istiqbolli rejalar muhokama etiladi. Martabali mehmonga FIVB ning turli bo‘limlarida faoliyat olib boradigan 4 nafar mutaxassis hamrohlik qilmoqda.