AsosiySport

O‘zbekistonlik shaxmatchilar olimpiadani g‘alaba bilan boshladi

Bugun 2-turda chempionlar Misrga va Angola bilan bellashadi.

'O‘zbekistonlik shaxmatchilar olimpiadani g‘alaba bilan boshladi'ning rasmi

Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 1-turi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Sport vazirligi xabar qildi.

Olimpiadada yurishni 2 jamoamiz ham g‘alaba bilan boshladi.

Yigitlar terma jamoamiz Trinidad & Tobagoni 3.5-0.5 hisobida mag‘lub etishgan bo‘lsa, qizlarimiz mukammal hisob, 4:0 bilan Gaiti jamoasini taslim etishdi.

Musobaqaning 2-tur uchrashuvlari bugun bo‘lib o‘tadi, Unda erkaklar jamoasi Misrga qarshi dona sursa, qizlar jamoasi Angola bilan bellashadi.


    Boshqa yangiliklar