O‘zbekiston 6 oyda 7,6 ming tonna xurmo (finik) import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 6,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 7,6 ming tonna xurmo (finik) import qilingan.
2024 yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p xurmoni Erondan 6,7 ming tonna import qilgan.






