AsosiyJamiyat

Qozog`istonda 35 yoshli o`zbekistonlik erkak vafot etdi

'Qozog`istonda 35 yoshli o`zbekistonlik erkak vafot etdi'ning rasmi

Atirau viloyatining Qizilqo`g`in tumanida 35 yoshli O`zbekiston fuqarosi yashin urishi oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, voqea 25 iyun kuni kechqurun sodir bo`lgan. Usenov ko`chasidagi qarovsiz uyga yashin urib, yong`in sodir bo`lgan. Mahalliy yong`in xavfsizligi bo`limining 3 nafar xodimi yong`inni o`chirgan.

Voqea joyi ko`zdan kechirilganda, uyda odam bo`lgani aniqlangan. Chaqmoq urishi vaqtida erkak qurilayotgan uyning oshxonasida bo`lgan.

Tekshiruv davomida fuqaro 2024 yil 28 may kuni Qozog`istonga borgani va Miyali qishlog`ida yashovchi fuqaroning uyida vaqtincha ro`yxatga olinganligi aniqlangan. Jasadni ko`zdan kechirish chog`ida tan jarohatlari aniqlanmagan. Jasad sud-tibbiy ekspertizadan o`tkazish uchun tuman shifoxonasi o`likxonasiga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar