AsosiyDunyo

Qozog`istonda ichida O`zbekiston fuqarolari bo`lgan avtomobil yonib ketdi

'Qozog`istonda ichida O`zbekiston fuqarolari bo`lgan avtomobil yonib ketdi'ning rasmi

Qozog`istonning Atirau oblastida ichida O`zbekiston fuqarolari bo`lgan Lada Largus avtomobilida yong`in chiqdi.

O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, voqea 8 iyun kuni soat 11:45 da Atirau oblasti, Makat tumani hududidan o`tuvchi Atirau-Aqto`be respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo`lining 31-kilometrida sodir bo`lgan.

Rossiya—O`zbekiston yo`nalishida harakatlanib ketayotgan O`zbekiston davlat raqamiga ega bo`lgan Lada Largus rusumli avtomashinada sodir bo`lgan yong`in soat 12:50 da to`liq bartaraf etilgan.

Avtomobil ichida O`zbekistonning uch nafar fuqarosi bo`lgan. Yong`in oqibatida Lada Largus mashinasi haydovchisi jarohat olmagan, qolgan ikki nafar yo`lovchi turli darajadagi kuyish jarohati bilan Atirau oblasti kasalxonasiga yotqizilgan.

Haydovchi va jarohat olganlarning shaxslariga aniqlik kiritilgan va ular bilan doimiy aloqa o`rnatilgan. Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan.

    Boshqa yangiliklar