AsosiyJamiyat

Do`stlik kanalida 14 yoshli bola cho`kib ketdi

'Do`stlik kanalida 14 yoshli bola cho`kib ketdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanidan oqib o`tuvchi Do`stlik kanalida 14 yoshli bola cho`kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Bekobod tuman prokuraturasiga kelib tushgan xabarga ko`ra, 6 iyun kuni 16:30 larda Bekobod tumani, “Qushtamg`ali” mahallasidan oqib o`tuvchi Do`stlik kanalida Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidagi uyda yashovchi 14 yoshli S.T. cho`kib, vafot etgan. 

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv tadbirlari davomida uning murdasi cho`kib ketgan Bekobod tumani, “Qushtamg`ali” mahallasidan oqib o`tuvchi Do`stlik kanalining 150 metr uzoqlikdagi qismidan cho`kish alomatlari bilan topilgan.

Ayni paytda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar