Yaman husiylari BMTning 11 nafar xodimini hibsda saqlamoqda. Bu haqda BMT vakillari xabariga asoslanib, Al Jazeera xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Yamanning “Ansorulloh” harakati BMT vakillarini mamlakatning turli qismlarida saqlamoqda. Ular qaerda va qanday sharoitlarda ushlab turilgani ma`lum emas.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning ta`kidlashicha, jahon tashkiloti Yaqin Sharqdagi hamkorlar bilan muhokamalarini kuchaytirgan. Xodimlarni imkon qadar tez Yamandan olib chiqish uchun kanallar qidirilmoqda.
Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Yamanning Amran, Hudayda, Saada va Sano viloyatlarida BMT xodimlariga hujum yuz berganini qayt etgan. Hozirga qadar 18 nafar xodim tan jarohati olgani aytilgan.
Husiylar BMT gumanitar yordam xodimlarini G`arb uchun josuslik qilishda ayblagan. Ularning faoliyati yuzasidan tekshiruv o`tkazilayotgani xabar berilgan.






