Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Captiva urib yuborishi oqibatida 1985 yilda tug`ilgan erkak halok bo`ldi. Bu haqda IIV Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
YTH 8 iyunga o`tar kechasi Sultonali Mashhadiy ko`chasida sodir bo`lgan. 1983 yilda tug`ilgan haydovchi boshqaruvidagi avtomobil to`qnashgan piyoda do`kon devoriga urildi.
Mazkur holat yuzasidan poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi — transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o`limiga sabab bo`lsa, jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






