AsosiyJamiyat

Chirchiq shahar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida nima ishlar bo`lmoqda?

'Chirchiq shahar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida nima ishlar bo`lmoqda?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokorining davolash ishlari bo`yicha o`rinbosari Nizom Abdullaev deontologiya va tibbiy etika qoidalariga zid ravishda tibbiyot xodimini kurakdan turmaydigan so`zlar bilan haqorat qilayotgani aytilgan videolavha tarqaldi. Bu haqda Toshkent viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma`lum qilinadi.

Aniqlanishicha, ushbu voqea joriy yilning 7 iyun kuni Chirchiq shahrida joylashgan Viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazining ertalabki hisobot yig`ilishi vaqtida kuzatilgan.  

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat atroflicha o`rganilmoqda.

"Uning natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar