AsosiyJamiyat

“Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlandi

'“Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlandi'ning rasmi

“Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag`ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-209-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, kinematografiya sohasini yangi bosqichga ko`tarish, milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma`naviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash maqsadida 

2024–2027 yillarga mo`ljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi (“Tirik tarix”) tasdiqlandi.

Dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yo`lida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis va haqqoniy ko`rsatib berish belgilandi.

Shuningdek, quyidagilar tuzildi:

  • Kinematografiyani rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash

 bo`yicha milliy komissiya (Milliy komissiya);

Filmlarning g`oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga ko`maklashuvchi milliy kengash 

(Milliy kengash).“Tirik tarix” dasturi

 doirasida:

  • filmlar ishlab chiqarish uchun kinoloyihalarni tayyorlash bo`yicha tanlov tashkil etiladi va eng yaxshi kinoloyihalar tanlab olinadi;
  • kinoloyihalarga muvofiq filmlar ishlab chiqarish uchun 

taqdimot shaklidagi tanlovlar (pitching) asosida kinokompaniyalar aniqlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar