AsosiyJamiyat

O`zbekistondan olib chiqib ketilayotgan kalxatlar ushlab qolindi

'O`zbekistondan olib chiqib ketilayotgan kalxatlar ushlab qolindi'ning rasmi

O`zbekistondan qo`shni mamlakatga chiqib ketish uchun “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga piyoda kirib kelgan fuqaro qo`lidagi karton quti belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilgan. 

Yo`lovchining qutichasidan bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan hamda og`zaki so`rovda aytilmagan “Kalxat” qarchig`aysimonlar oilasiga mansub 2 dona tirik qushlar borligi aniqlangan.

Ayni paytda ushbu qushlar Toshkent hayvonot bog`iga topshirilib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar