Prezidentning "Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O`zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo`yicha navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmonga ko`ra, qonunchilik bilan taqdim etilgan quyidagi maxsus (eksklyuziv) huquqlar bekor qilindi:
a) 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
- “O`zmetkombinat” AJning respublika hududida qora metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) huquqi;
- “O`zikkilamchiranglimetall” AJning respublika hududida rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash va eksport qilish huquqi;
- “O`ztreyd” AJning konsignasiya shartlarida oziq-ovqat uni va bug`doyni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, dehqon va fermer xo`jaliklari mahsulotlarini bank kafolatlari yoki siyosiy va tijorat xavflaridan eksport shartnomalarini sug`urtalash polislarini taqdim etmasdan eksport qilinadigan mahsulotlarni savdo uylari manzillariga tushirish huquqi;
- “O`zkimyoimpeks” MChJning “O`zkimyosanoat” AJ tashkilotlari kimyoviy mahsulotlari eksporti hamda ularning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importini amalga oshirishdagi yagona agent huquqi;
b) 2026 yil 1 iyuldan boshlab:
- “UzGasTrade” AJning tabiiy gazni yagona eksport qiluvchi va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish bo`yicha yagona operator sifatidagi huquqi;
- “O`zenergosotish” AJning elektr energiyasining eksporti va importini markazlashgan tartibda amalga oshirish huquqi.






