AsosiyJamiyat

Bo`stonliqqa olib boruvchi yo`lning bir qismi vaqtincha yopiladi

'Bo`stonliqqa olib boruvchi yo`lning bir qismi vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Bo`stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo`li velosport musobaqasi uchun ma`lum vaqtga yopiladi. Bu haqida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, sportning velosport-shosse turi bo`yicha O`zbekiston chempionati  o`tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 1-2-3 may kunlari  soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 "Bektemir-Chorbog` q." avtomobil yo`lining 34-54 kilometrlari oralig`ida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini start, G`azalkent shahriga kirish qismi finish) transport vositalari harakati cheklanadi.

Bo`stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar