- Atir tanlayotganingizda uning hidi shunday yoqimli bo`lsinki, suyukligingizning siz haqingizdagi yorqin xotirasi ana shu ifor bilan birga muhrlanib qolsin....
- Agar siz “qanot”larsiz dunyoga kelgan bo`lsangiz, ularning “paydo bo`lishi”ga to`sqinlik qilmang. Parvoz qilishdan cho`chimaslik sizni qat`iyatli ayolga aylantiradi...
- Kim nima desa, desin-u, ammo erkakning hayotida faqat birgina ayol — ko`z ochib ko`rgan jufti haloli bo`ladi. Qolganlar esa shu ayolning soyalari, xolos!
- Qalbingiz nafis va pok bo`lsa, hech qanday atir-upaning hojati yo`q. Qalb tozaligi har qanday yoshda har qanday ayolni go`zal ko`rsata oladi.
- Xafa bo`lganda o`zini idora qilish va xo`rlanganda “tomosha” ko`rsatmaslik — ayolning farosat libosidir.
23.11.2016 04:13





