DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IJQK Departamenti bilan hamkorlikda spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida navbatdagi tadbir o`tkazildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbir davomida Samarqand shahrida joylashgan “Raim bobo universal” MChJga qarashli spirtli ichimliklar saqlash ombori ko`zdan kechirilganda, jami qiymati 300 million so`mni tashkil qiluvchi qalbaki va aksiz markasi yo`q bo`lgan spirtli ichimliklar noqonuniy ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston Respubilkasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






