AsosiyJamiyat

Telefondan ko`p foydalanadigan o`quvchilar qanday kasalliklardan aziyat chekishi aytildi

'Telefondan ko`p foydalanadigan o`quvchilar qanday kasalliklardan aziyat chekishi aytildi'ning rasmi

Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining bolalar va o`smirlar gigienasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi umumta`lim maktablarida mobil telefonlardan ko`p foydalanadigan 11 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan 900 nafar o`quvchi o`rtasida so`rovnoma o`tkazildi. Natijada ular qanday kasalliklardan aziyat chekishi ma`lum bo`ldi.

Tadqiqotning maqsadi zamonaviy raqamli qurilmalar va Internetdan ko`p foydalanish bolalarning kasallanishiga ta`sirini baholashga qaratildi. Statistik ma`lumotlarning tahlili shuni ko`rsatdiki, o`quvchilar orasida endokrin tizim, ovqatlanish va metabolik kasalliklar bilan bog`liq shikoyatlarga ega bolalar o`rtacha 41 foizni tashkil etadi.

Umumiy kasallanishning qiyosiy tahliliga ko`ra, raqamli qurilmalardan tez-tez va ko`p foydalanadigan o`quvchilarida, raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan o`quvchilariga nisbatan ruhiy va xatti-harakatlarning buzilishi bilan bog`liq belgilar ko`proq uchradi. Skrining so`rovnoma natijalari orqali aniqlandiki tekshirilayotgan bolalar orasida asab tizimi kasalliklarining yuqori darajada tarqalishi kuzatilgan.

So`rovnoma natijalariga ko`ra bolalar orasida:

- qon aylanish tizimi,
- nafas olish tizimi kasalliklari shovqin va quloq bilan bog`liq shikoyatlar bor ekanligini aniqlangan.
- Bundan tashqari, raqamli qurilmalardan tez-tez va ko`p foydalanadigan o`quvchilar
- ovqat hazm qilish tizimidagi muammolardan 1,1 baravar ko`proq shikoyat qilgan.
- Xususan, o`quvchilarning 31,0 foizi tish og`rig`i va kariesdan shikoyat qilgan, bu raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan o`quvchilariga nisbatan 6,4 foizga ko`pdir.

Raqamli qurilmalardan tez-tez va ko`p foydalanadigan o`quvchilarda, raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydiganlarga nisbatan turli kasalliklarining yuqori darajada tarqalishi kuzatilgan. Bu esa gadjetlar va Internet tarmoqlari bolalar salomatligiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatishidan darak beradi.

Gadjetlardan foydalanishning salbiy oqibatlari natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish uchun ota-onalar va bolalar sog`lom turmush tarzi va gadjetlardan xavfsiz foydalanish bo`yicha profilaktik chora-tadbirlar muntazam olib borilishi lozim.

Bir so`z bilan aytganda kattalaru kichiklar gadjetlar va Internet tarmoqlaridan haddan ortiq darajada ko`p foydalanish inson salomatligiga ta`sir qilmasdan qolmaydi. Shuning uchun mobil qurilmalardan foydalanishda ma`lum me`yorga amal qilish foydadan xoli bo`lmaydi.

    Boshqa yangiliklar