AsosiyDunyo

Isroil G`azo shimolidagi quruqlikdagi operasiyaning intensiv bosqichi yakunlanganini e`lon qildi

'Isroil G`azo shimolidagi quruqlikdagi operasiyaning intensiv bosqichi yakunlanganini e`lon qildi'ning rasmi

G`azo sektori shimolidagi quruqlikdan hujumning “intensiv bosqichi” yakunlandi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant ma`lum qildi, deb yozadi The Times of Israel gazetasi.

Galantning aytishicha, qo`shinlar G`azo shimolida "hududdagi barcha HAMAS batalonlari mag`lubiyatga uchraganidan" so`ng kamaytirilgan shiddatda operasiyalar o`tkazmoqda. Askarlar Hamasning qolgan nishonlarini topish va jangarilarning oxirgisini o`ldirish yoki qo`lga olish ustida ishlamoqda.

"G`azo sektorining janubida shiddatli bosqich tez orada tugaydi", dedi vazir Xon Yunis hududiga ishora qilib, lekin aniq vaqtni aytmadi.

Isroil mudofaa vaziri, shuningdek, “siyosiy qat`iyatsizlik harbiy amaliyotning borishiga zarar etkazishi mumkinligi” haqida ogohlantirdi.

“G`azodagi bo`lajak hukumat G`azo sektoridan chiqishi kerak, G`azoni falastinliklar boshqaradi. Harbiy kampaniyaning yakuni siyosiy akt bilan ta`minlanishi kerak”, - deydi u.

    Boshqa yangiliklar