Yaponiyalik sayyohlarni jalb qilish hamda u davlatda istiqomat qilayotgan O`zbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2023 yil dekabridan 2024 yil martiga qadar "Toshkent–Tokio–Toshkent" yo`nalishida bo`ladigan to`g`ridan to`g`ri reyslarni davom ettirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA .
Shu vaqtga qadar "Toshkent–Tokio–Toshkent" yo`nalishida to`g`ridan to`g`ri reyslar faqat aprel–oktyabr oylarida amalga oshirilar edi.
Mazkur aviaqatnovlar so`nggi 15 yil ichida ilk marotaba qish mavsumida tashkillashtirilayotgan bo`lib, Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirish, mamlakatimiz orqali Markaziy Osiyo, MDH, Evropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga tranzit qatnovlarini kengaytirish, shuningdek, Yaponiyada vaqtincha faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimizga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.






