Joriy yilning dekabr oyi quruq va juda iliq havo bilan boshlandi. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi xabar bermoqda.
Dekabr oyining birinchi kunlarida havo harorati 15-18 darajagacha, janubda 20 darajagacha iliq bo`ldi, bu iqlim normasidan 5-7 darajaga ko`p hisoblanadi.
Ushbu haftaning birinchi yarmida O`zbekiston bo`ylab kunduzi 15-20 darajali quruq va o`ta iliq ob-havo saqlanib turadi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo o`zgara boshlaydi. Bulutlilik kuchayishi, harorat fonining pasayishi va 8 dekabr, juma kunida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha tushishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda: 4-8 dekabr kunlari biroz bulutli, yog`ingarilik kutilmaydi. Harorat 4-6 dekabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 7-8-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo`ladi. Shanba va yakshanba kunlari havo harorati yana 2-3 darajaga pasayadi, biroq asosiy sovuq kunlar O`zbekiston aholisini keyingi hafta boshida kutmoqda.






