"O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun kunduzi O`zbekiston hududi bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat respublikaning tog`li hududlarida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Havo harorati 20-25 daraja atrofida bo`ladi.
Dam olish kunlari O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko`tariladi va yakshanba kuni kunduzi havo 26-29 daraja iliqqacha isiydi.
Shuningdek, quruq va iliq ob-havo respublika bo`yicha va 30 oktyabr dushanba kuni ham saqlanib turadi.
Poytaxtda: 27-29 oktyabr kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 22-24o, shanba kuni 24-26o, yakshanba kuni 26-28 daraja bo`ladi. Harorat kechalari 9-12 daraja atrofida bo`ladi.






