AsosiyJamiyat

Qirg`izistonda sodir bo`lgan zilzila Farg`ona tumanida sezildi

'Qirg`izistonda sodir bo`lgan zilzila Farg`ona tumanida sezildi'ning rasmi

Bugun Toshkent vaqti bilan 19:23 da (26.10.2023 yil, Grinvich bo`yicha 14:23 da) Qirg`izistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 40,16 gradus shimoliy kenglik; 71,67 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 241 km janubiy-sharqda.

Ushbu zilzilaning kuchi Farg`ona tumanida 2 ball sezilgan. 

    Boshqa yangiliklar