AsosiyJamiyat

Shvesiyada O`zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi

'Shvesiyada O`zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi'ning rasmi

Stokgolm shahrida O`zbekistonning Shvesiyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi, avval mamlakatimizning ushbu davlatdagi Muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlagan Nodir G`aniev o`z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Nodir G`aniev 52 yoshda. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparat va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shvesiyaga jo`nab ketishidan oldin u TIVning Evropa davlatlari va Evropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o`tamiz, mamlakatimizning Stokgolmdagi diplomatik vakolatxonasi 2022 yilda ochilgan va O`zbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar