Qozog`iston sharqidagi Abay viloyatining Ayag`oz shahridagi uyda yuz bergan yong`in oqibatida to`rt bola qurbon bo`ldi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Fojia kecha ertalab sodir bo`lgan. “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kuch va vositalarni tezkor boshqarish markazining pultiga Ayag`oz shahridagi xususiy uylardan birida tutun chiqqani haqida signal kelib tushdi, zudlik bilan olti kishidan iborat qutqaruv guruhi voqea joyiga jo`nab ketdi. O`t o`chiruvchilar etib kelganida, xonalardan birida 20 kv.m maydonda mebel va shaxsiy buyumlar yonib ketgan. O`chirish vaqtida to`rt nafar bolaning jasadi hayot izlarisiz topilgan”, — deyiladi xabarda.
Tutun va bolalarning o`limi sabablari aniqlanmoqda. Polisiya tergov ishlarini olib bormoqda. Halok bo`lganlarning oila a`zolariga zarur yordam ko`rsatilmoqda.






