Avvalroq, Xorazmda o`quvchilar sholi o`rimiga jalb qilingani haqida xabar bergan edik.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi murojaatiga asosan Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Bosh prokuratura tomonidan holat joyida o`rganildi.
O`rganish davomida Qo`shko`pir tumanidagi 19-maktabning 9-“a”sinfi bir guruh o`quvchilari, ularning ota-onalari, maktab ma`muriyati va fermer xo`jaligi rahbari bilan suhbat o`tkazildi va belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Suhbat davomida 19-maktabning 9-“a”sinfi bir guruh o`quvchilari tumandagi “Durdona” mahallasida joylashgan “Ibrohim baliqchi” fermer xo`jaligiga tegishli sholi dalasida dars mashg`ulotlaridan so`ng ushbu xo`jalik rahbarining taklifiga asosan, ma`lum bir haq evaziga dalada o`rilgan sholini to`plash ishlarini bajarishga jalb qilinganligi aniqlandi.
Shu bilan birga, maktab ma`muriyatining ushbu o`quvchilarni sholi o`rimiga majburiy jalb qilinishi holati o`z tasdig`ini topmadi.
Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan Qo`shko`pir tumani “Ibrohim baliqchi” fermer xo`jaligi rahbari tomonidan voyaga etmagan shaxslarga nisbatan mehnat qonunchiligi va bolalar mehnatidan ularning sog`lig`iga, xavfsizligiga yoki ahloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo`lgan ishlarda foydalanganligi holati Qo`shko`pir tuman sudida ko`rib chiqildi.
Sud qarori bilan fermerga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 49-moddasi 3-qismi va 491-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.






