AsosiyJamiyat

“O`zbekiston temir yo`llari” turkiyalik sayyohdan 100 ming so`m pora olgan xodimini topolmaganini tan oldi

'“O`zbekiston temir yo`llari” turkiyalik sayyohdan 100 ming so`m pora olgan xodimini topolmaganini tan oldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijlik fuqarolar tomonidan, yo`lovchi poezdlarda yo`l davomida vagon kuzatuvchisiga pul taklif etib, vagondagi  o`rinni yuqoriroq darajadagi vagon o`rniga  almashtirganligi  haqidagi  xabarlar yuzasidan

"O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

Niderlandiyalik bloger tomonidan 6 iyul kuni  “Afrosiyob” elektropoezdida safari davomida “ekonom” toifadagi o`rnini “vip” toifaga o`zgartirganligi bo`yicha video roliklar tarqaldi, ushbu holat bo`yicha xizmat tekshiruvi tayinlanib, xizmat tekshiruvi xulosasiga asosan  aybdor xodim lavozimidan ozod etilgan bo`lishiga qaramasdan oktyabr oyida ushbu videolavha ijtimoiy tarmoqlarda qayta tarqatildi va keng muhokamaga sabab bo`ldi.

Kuni kecha  ayrim ijtimoiy tarmoqlarda  Andijon yo`lovchi poezdida turk sayyohi o`z vagonidan yuqori toifadagi vagonga o`tish uchun vagon kuzatuvchisiga pul berganligi va vagon toifasini o`zgartirganligi yuzasidan tarqalgan holat bo`yicha o`rganish olib borilib kerakli ma`lumotlar (qaysi kun, qaysi poezd, qaysi vagon) ekanligini video rolikda aks etmaganligi sababli holat o`z isbotini topishini va aybdor xodimni aniqlashning  imkoniyati  topilmadi.

"Yuqoridagi holatlar uchragan taqdirda, zudlik bilan jamiyatning ishonch telefoniga (+99871-299-94-50) qo`ng`iroq  qilishingizni yoki telegram manziliga murojaatingizni qilishlaringizni  so`rab qolamiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar