Toshkentda BMTTD, Evropa Ittifoqi va O`zbekiston hukumati ayollarning qishloq xo`jaligidagi imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha forum o`tkazildi. Markaziy Osiyo va Turkiyadan 140 ga yaqin ishtirokchilarni jalb qilgan mazkur forum BMT Taraqqiyot dasturi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qishloq xo`jaligi Vazirligi, Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston "Agrar soha ayollari" uyushmasi bilan birgalikda tashkil etilib, Evropa Ittifoqi tomonidan "EU-AGRIN" loyihasi doirasida moliyalashtirildi.
Forum qishloq xo`jaligida ayollarning imkoniyatlarini oshirish, ayollar uchun agrobiznesni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, ekinlarning bioekologik xilma-xilligini o`rganish va oziq-ovqat ishlab chiqarishda raqamli texnologiyalarni qo`llash, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va birlamchi qayta ishlashda innovasion yondashuvlar va chorvachilik mahsulotlari, barqaror iqlimni rivojlantirish va moslashtirish, shu jumladan er va suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi keng ko`lamli mavzular bo`yicha ochiq munozara uchun platforma bo`lib xizmat qildi.
Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi vakolatxonasi siyosiy bo`limi rahbari Mindaugas Kacherauskis ta`lim, er, moliya va texnologiya kabi aktivlardan foydalanish va nazorat qilish orqali qishloq xo`jaligida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga chaqirdi.
"Bu esa ularning mahsuldorligini, daromadlarini va qaror qabul qilish qobiliyatini oshiradi, shuningdek, gender tengligi va ijtimoiy adolatni rag`batlantiradi. Foyda avlodlarga tarqaladi va kelajakda yaxshi natijalar ko`rsatadi", dedi u.
Tashkilotchilar qishloq xo`jaligi sohasida ayollarning roli va motivasiyasini oshirishga birgalikda harakat qilish va tajriba almashish orqali agrosektorda ayollarning salohiyatini oshirish orqali ularning integrasiyasini rivojlantirishga intilishdi. Tadbirda O`zbekiston ayollarining qishloq xo`jaligiga qo`shgan hissalarini aks ettiruvchi hujjatli film hamda iqlim o`zgarishi muammolariga moslashib, o`z hududida qishloq xo`jaligini rivojlantirishga munosib hissa qo`shib kelayotgan qishloq ayollarining hikoyalarini o`z ichiga olgan raqamli kitob taqdimoti bo`lib o`tdi.
BMTTDning O`zbekistondagi doimiy vakili vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Anas Fayyad Karman o`zining qabul nutqida qishloq ayollarining butun dunyo bo`ylab qishloq xo`jaligidagi muhim rolini takidlab o`tdi va O`zbekiston hukumatining qishloq xo`jaligi sohasida gender tengligini targ`ib qilish borasidagi sa`y-harakatlarini yuqori baholadi.
"Ayollar har doim bizning jamiyatimizning asosi bo`lib kelgan, ayniqsa qishloq xo`jaligi sohasida. Ayollar O`zbekistondagi qishloq xo`jaligi ishchi kuchining 40% dan ortig`ini tashkil etib, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o`zgarishiga qarshilik ko`rsatishda muhim rol o`ynaydi. Qishloq ayollarini qishloq xo`jaligi faoliyatida yuksaltirish orqali biz nafaqat gender tengligi sari qadam tashlamoqdamiz, balki oziq - ovqat xavfsizligiga ham sarmoya kiritmoqdamiz", deya qo`shimcha qilib, qishloq ayollari duch keladigan muammolarni samarali hal qilish uchun jamoaviy imkoniyatlarni kengaytirish, bilim almashish va hamkorlik zarurligini ta`kidlab o`tdi.
Shundan so`ng, xalqaro forumning xorijlik ishtirokchilari qishloq xo`jaligidagi etakchi ilmiy-tadqiqot institutlariga tashrif buyurdi. U erda iqlim o`zgarishi va suv tanqisligiga bardoshli ko`chatlar taqdimoti o`tkazildi.
Dastlabki tashrif doirasida Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan EU-AGRIN loyihasi doirasida Paxta seleksiyasi, urug`chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutning etuk olimlarining “Paxtachilik” innovasion guruhi faoliyati bilan tanishtirildi. Farg`ona viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan, yangi va yuqori salohiyatli g`o`za navlari, resurs tejovchi texnologiyalar hamda zararkunandalarga qarshi kompleks chora-tadbirlar taqdimoti.
Shuningdek, institutning zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan g`o`za biotexnologiyasi laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi. Ushbu laboratoriya, g`o`zaning molekulyar genetikasi, fiziologiyasi, biokimyosi, fitopotologiyasi, xujayra seleksiyasi bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Mazkur laboratoriya yordamida tezpishar, tola sifati va miqdor ko`rsatgichi yuqori, kasalliklarga chidamli, tuproq sho`rlanishi va suv tanqisliga bardoshli g`o`za navlari yaratilmoqda.
Institut bugungi ko`nda sun`iy muhitda ko`chatlarni «In-vitro» usulida etishtirish orqali ko`plab mevalarning mahalliy iqlimga mos yangi navlarini etishtirishga muvvaffaq bo`lgan. «In-vitro» usulida etishtirilgan ko`chatlarning an`anaviy etishtirilgan ko`chatlardan afzalligi shundaki, ushbu usulda etishtirilgan ko`chatlar sog`lom o`sishi, turli xil kasallik va zararkunandalar unga xavf solmaydi. Ko`chatlar tashqi muhitdan ajratilgan holda sun`iy idishlarda undiriladi. Bundan tashqari ushbu ko`chatlar erga ekish uchun mavsum tanlamaydi. Yilning har qanday faslida ham bemalol ularni ekish mumkinligi mexmonlarni hayratga soldi.
Uchrashuv yakunida Qishloq xo`jaligi vazirligining xorijiy mexmonlarga atalgan esdalik sovg`alari taqdim etildi. Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkiya va Fransiyadan tashrif buyurgan mehmonlar forum doirasida uyushtirilgan tashriflardan mamnunligini, ikkala ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilashdi.
Shu bilan, BMT Taraqqiyot dasturi, Evropa Ittifoqi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Xotin-qizlar qo`mitasi, Agrar soha ayollari uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum muvaffaqiyali yakunlandi, unda 180 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.






