Ijtimoi tarmoqlarda "Novza bekatida poezdlar to`qnashib ketdi" mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni quyidagilarni ma`lum qildi:
Toshkent metrololitenida hech qanday poezdlar o`rtasida to`qnashuv hamda bu kabi nosozlik holatlari kuzatilgani yo`q.
"Shu o`rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi tasdiqlanmagan ma`lumotlarni tarqatmasliklarini so`raymiz" deyiladi xabarda.






