AsosiyJamiyat

Bo`stonliqda 1 milliard dollarlik GTES quriladi

'Bo`stonliqda 1 milliard dollarlik GTES quriladi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida quvvati 600 MVtga teng, umumiy qiymati 1 milliard dollar bo`lgan “Yuqori Pskem” gidro to`plash elektr stansiyasi quriladi.

"Bir makon, bir yo`l" forumi doirasida "O`zbekgidroenergo" AJ va Xitoyning “China Southern Power Grid International” kompaniyasi stansiyaning istiqbolli loyihasini birgalikda amalga oshirish bo`yicha kelishuvni imzoladi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning iyul oyida ushbu kompaniya bilan qiymati 1 mlrd 640 mln dollarga teng, quvvati 820 MVt bo`lgan 3 ta loyiha: “Yuqori Pskem” GTES (quvvati 200 MVt), «Qarateren» GTES (500 MVt) hamda “Yuqori Pskem” GES (120 MVt) gidroinshootlarini qurish bo`yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.

    Boshqa yangiliklar