AsosiySiyosat

Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o`tkaziladi

'Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o`tkaziladi'ning rasmi

“Aviasiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-337, 16.10.2023 y) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Qarorga ko`ra, quyidagilar amalga oshiriladi:  

- “SILK AVIA” MChJ ustav kapitalidagi “Uzbekistan Airports” AJning 100 foiz ulushini uning brendini saqlab qolgan holda “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MChJ ustav kapitaliga o`tkaziladi;

- “Uzbekistan Airports” AJning 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemasi “SILK AVIA” MChJga beg`araz o`tkaziladi;

- “SILK AVIA” MChJ faoliyatini samarali tashkil etishva rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida “ATR72-600” rusumli havo kemalari soni oshiriladi;

- “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MChJ zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yo`nalishlarni yo`lga qo`yish hamda “ATR72-600” rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklanadi.

    Boshqa yangiliklar