AsosiyDunyo

Isroil Misrdan G`azoga gumanitar yordam etkazilishiga to`sqinlik qilmasligini aytdi

'Isroil Misrdan G`azoga gumanitar yordam etkazilishiga to`sqinlik qilmasligini aytdi'ning rasmi

Isroil Misrdan G`azo sektoriga insonparvarlik yordami etkazilishiga to`sqinlik qilmaydi, biroq HAMAS harakati garovdagilarni ozod qilmagunicha, uni Isroil hududidan etkazishga ruxsat bermaydi, deb xabar berdi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi.

“Isroil terroristik guruhlar tomonidan qo`lga olingan garovdagilar qaytarilmaguncha o`z hududidan G`azo sektoriga hech qanday gumanitar yordam etkazilishiga yo`l qo`ymaydi. Biroq Misrdan G`azoga gumanitar yuk etkazilishiga to`sqinlik qilmaydi”, — deya iqtibos keltiradi The Times gazetasi Isroil bayonotidan.

Gumanitar yordam deganda Isroil hukumati G`azo sektori janubidagi tinch aholi uchun mo`ljallangan oziq-ovqat, suv va dori-darmonlarni nazarda tutishini ma`lum qildi.

“Shu bilan birga Isroil HAMASga yuborilgan har qanday yuklarni bloklaydi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar