Kecha, 17 oktyabr kuni Oltiariq tumani hududidan o`tgan xalqaro avtomobil yo`lidagi chorrahada BYD'larni olib ketayotgan MAN yuk mashinasi YTHga uchradi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyati yo`nalishidan harakatlanib kelib, svetoforning qizil chirog`ida to`xtab turgan 1968 yilda tug`ilgan haydovchi boshqaruvidagi MAN'ga uning ortida harakatlanib kelayotgan 1983 yilda tug`ilgan haydovchi boshqaruvida bo`lgan Shanxi rusumli yuk transport vositasi ehtiyotsizlik oqibatida kelib urilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.
Hozirda holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






