Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Tog`li Qorabog` poytaxti – Xankendida (Stepanakert) respublika bayrog`ini ko`tardi. Bu haqda rbc yozdi.
Shuningdek, davlat rahbari viloyatning boshqa aholi punktlari Adger (Mardakert) shahri va Shusha viloyatining Malibeyli qishlog`ida bo`ldi. Prezident Sarsang suv omborida ham respublika bayrog`ini ko`tardi.
Taxminan bir oy oldin Boku Qorabog`da "aksilterror operasiyasi" o`tkazdi, u 20 sentyabrda o`t ochishni to`xtatish, Qorabog` harbiy tuzilmalarini qurolsizlantirish va mintaqani Ozarbayjonga reintegrasiya qilish to`g`risidagi kelishuvning imzolanishi bilan yakunlandi.
Aliev operasiya natijasida Ozarbayjon suverenitetini tiklaganini bildirdi.






