Armaniston prezidenti Vaxagn Xachaturyan parlament tomonidan ilgari qabul qilingan Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikasiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Zamon.uz mamlakat prezidentining rasmiy saytiga tayanib xabar bermoqda.
“Armaniston Respublikasi Prezidenti 1998 yil 17 iyulda imzolangan Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini ratifikasiya qilish to`g`risidagi bayonotni va “Ushbu huquqni tan olish to`g`risida”gi bayonotni qabul qildi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Kremlda Armaniston hukumatiga yangi savollar borligi xabar qilingandi.






