Joriy yilning 7 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani, “Yuqori obron” MFYda yashovchi, fuqaro T.Z. shu kuni Mirishkor tumani, Pomuq qishlog`ida joylashgan “Sechanko`l” sun`iy suv havzasiga sherigi S.O. bilan birga baliq ovlash uchun borib, ehtiyotsizligi oqibatida suvga cho`kib ketib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi ko`zdan kechirilib, ashyoviy dalillar prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida 2023 yil 10 oktyabrda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan T.Z.ning jasadi “Sechanko`l” sun`iy suv havzasidan topilgan.
Marhum T.Z.ning jasadi tashqi tomondan ko`zdan kechirilib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.






