16–20 oktyabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun, 2021 yilda Ispaniyada bo`lib o`tgan UNWTO Bosh assambleyasida O`zbekiston nomzodi Portugaliya va Misr mamlakatlari bilan raqobatda g`olib bo`lgan.
Ta`kidlash joizki, Bosh assambleyaning bu galgi sessiyasida dunyoning barcha qit`alaridan 130 dan ortiq davlat ishtirok etadi. Bu Bosh assambleyaning avvalgi sessiyalariga nisbatan yuqori ko`rsatkich hisoblanadi.
UNWTO Bosh assambleyasi doirasida Samarqandda Xalqaro Investisiya forumi, Xalqaro ta`lim forumi, “Eng yaxshi turizm qishloqlari”ni taqdirlash marosimi, shuningdek, qator yalpi sessiyalar va madaniy tadbirlar bo`lib o`tadi.
Ushbu nufuzli tadbirning O`zbekistonda o`tkazilishi dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo`lgan e`tiborini yanada kuchaytiradi. Negaki Bosh assambleya tadbirlariga Butunjahon turizm tashkilotiga a`zo barcha davlatlarning ommaviy axborot vositalari, investorlar tashrif buyuradi va barcha uchun muhim hisoblanadi.
UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ishtirokchi davlatlar uchun har tomonlama manfaatli bo`lishi bilan ahamiyatlidir.






