AsosiyJamiyat

“Tashkent city”da yangi binolar barpo etilmoqda

'“Tashkent city”da yangi binolar barpo etilmoqda'ning rasmi

Mamlakatimizdagi o`zgarishlar bosh shahrimizda, ayniqsa, yaqqol namoyon. Bugungi kunda Toshkent – ulkan bunyodkorlik, zamonaviy biznes, ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi. «Tashkent city»dagi muhtasham binolar shahar ko`rkiga ko`rk qo`shdi. Bu erdagi Xalqaro kongress markazida ko`plab forum va anjumanlar bo`lib o`tgan. Kelgusida yana qator nufuzli sammitlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, shinamlik darajasi yuqori mehmonxonalar, konsert va opera teatri barpo etilmoqda. 

Davlatimiz rahbari ulardagi qurilish jarayoni bilan tanishdi. Ushbu majmua yurtimizda san`at rivojini yangi darajaga ko`tarish, madaniy tadbirlarni yuqori saviyada o`tkazishga xizmat qilishi qayd etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi. 

Shuningdek, Prezident “Tashkent city” markazida qurilishi yakuniy bosqichda bo`lgan bir qator boshqa inshootlarni ham ko`zdan kechirdi.

    Boshqa yangiliklar