AsosiyJamiyat

"Qiz holsizligi tufayli boshi aylanib, o`zi bilmagan holda yiqilib tushgan"

'"Qiz holsizligi tufayli boshi aylanib, o`zi bilmagan holda yiqilib tushgan"'ning rasmi

Avvalroq, Toshkent metrosida 18 yoshli talaba qiz o`zini metro tagiga tashlagani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan qiz hozirda ta`lim olayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lumotda aytilishicha, haqiqatan ham talaba qiz Toshkent davlat pedagogika universiteti Kechki bo`lim 2-kurs talabasi.

Mazkur holat ro`y berganidan so`ng universitet rahbariyati talaba qiz bilan uchrashdi va suhbat davomida qiz holsizligi tufayli boshi aylanib, o`zi bilmagan holda Alisher Navoiy metro bekatida yiqilib tushgani ma`lum bo`ldi.
Poezd relsiga sakradi degan xabarlar asossiz.

Hozirgi kunda talabaning ahvoli yaxshi, sog`ligida hech qanday muammo yo`q, o`z uyida ota-onasi bag`rida.

Rahbariyat tomonidan barcha zarur bo`lgan shart-sharoitlar yaratib berildi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar