Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 8 ta sug`urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo`lladi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sanksiyalar “Kapital bozorini rivojlantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida belgilangan sug`urta bozorini nazorat qilish bo`yicha vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida qo`llanilgan.
Jumladan, sug`urta tashkilotlarining moliyaviy ko`rsatkichlarini o`rganish natijalariga ko`ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan me`yorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlanib, buning natijasida 254,5 million so`m miqdorida jarima solindi.
Jarima sanksiyalari qo`llanilgan sug`urta tashkilotlari:
EUROASIA INSURANCE” AJ — QK 22,5 mln so`m;
“EUROASIA LIFE INSURANCE” AJ — 17,5 mln so`m;
“DD GENERAL INSURANCE” AJ — 34,0 mln so`m;
“SHARQ-SUG’URTA” AJ — 22,5 mln so`m;
“ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ — 35,0 mln so`m;
“UNIPOLIS” AJ ST — 24,0 mln so`m;
“KAPITAL SUG’URTA” AJ — 22,5 mlnso`m;
“OMAD SUG’URTA” AJ — 76,5 mln so`m.