Prezident farmonibilan “2022–2026 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog`ini jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonga o`zgartirish kiritildi.
Unga ko`ra, 2024 yil 1 yanvardan farmasevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat byudjeti mablag`lari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmasevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat ro`yxatidan o`tkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida 10 yilgacha bo`lgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi. (Ilgari 3 yil edi).
14.10.2023 12:43
Mahalliylashtiriladigan farmasevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish muddati uzaytirildi






