AsosiyJamiyat

O`zbekiston Jahon banki bilan 46 mln dollarlik loyihani imzoladi

'O`zbekiston Jahon banki bilan 46 mln dollarlik loyihani imzoladi'ning rasmi

Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg`armasining Marokashga o`tkazilgan yillik yig`ilishlari doirasida O`zbekiston hukumati va Jahon banki vakillari 46,25 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishga oid bitimni imzoladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu mablag`lar “O`zbekiston energetika sektorini transformasiya qilish uchun innovasion uglerodli moliyalashtirish” (iCRAFT) loyihasini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Loyiha toza energiya ishlab chiqarishga, energiya samaradorligini oshirishga va energiya subsidiyalarini isloh qilishda ko`mak beradi.

Jahon bankining Uglerod aktivlarini transformasiya qilish jamg`armasi (TCAF) tomonidan moliyalashtirilgan iCRAFT loyihasi bankning energetika sohasidagi islohotlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha birinchi global tashabbusi bo`lib, ma`lum bir sohadagi aniq natijalar uchun to`lovlar orqali issiqxona gazlari emissiyalarini kamaytirishni rag`batlantiradi. Loyiha O`zbekistonga iqlim o`zgarishi sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda va energiya resurslaridan samarali foydalanishda yordam beradi.

“Prognozlarga ko`ra, uni amalga oshirish davrida biz karbonat angidrid emissiyasini qariyb 60 million tonnaga kamaytira olamiz. Ushbu 60 million tonnadan loyiha doirasida mamlakatdan 2−2,5 million tonna karbonat angidrid sotib olinadi. O`zbekiston qolgan uglerod birliklarini loyiha davomida yaratilgan va sinovdan o`tgan tizimlar, infratuzilma va mexanizmlardan foydalangan holda xalqaro uglerod bozorlarida sotishi mumkin bo`ladi”, — deydi O`zbekiston bosh vazirining o`rinbosari va Jahon banki guruhi menejeri Jamshid Qo`chqorov.

Loyiha doirasida taqdim etilgan mablag`larning bir qismi aholining kam ta`minlangan xonadonlarni tariflarning ko`tarilishidan himoya qilish uchun sarflanadi. Jumladan, loyiha “yashil” iqtisodiyotga o`tish bo`yicha davlat dasturini va energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni qo`llab quvvatlaydi.


 

    Boshqa yangiliklar