Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida futbol bo`yicha O`zbekiston va Ispaniya yoshlar terma jamoalari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tdi.
O`zbekistonlik futbolchilar ilk daqiqalardan ancha faol harakat qilishdi. Nomdor Ispaniya jamoasi ham qator hujumlar uyushtirdi. Biroq har ikki jamoa harchand urinmasin, birinchi bo`limda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo`limda ham hisob ochilmadi. Qo`shib berilgan to`rt daqiqadan jamoalar unumli foydalana olishmadi. Natijada O`zbekiston va Ispaniya o`rtasidagi bahs nursiz durang bilan yakunlandi.
Endi O`zbekiston jamoasi 16-oktyabr kuni Misrga qarshi navbatdagi o`yinda maydonga tushadi.






